YPX xodimlariga yashirinish ta’qiqlandi

© UzNews.uzReyd sotrudnikov UBDD Tashkenta
Reyd sotrudnikov UBDD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon yo‘l patrul xizmati xodimlariga qonunbuzarliklarni aniqlash vaqtida yashirinish qat’iyan ta’qiqlandi.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Toshkentda YPX inspektorlariga xizmat vazifasini o‘tash vaqtida yashirinish qat’iyan ta’qiqlandi, deb xabar qilmoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.

“Toshkent shaxar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining topshirig‘iga asosan, YPX inspektorlariga daraxtlar va boshqa to‘siqlar orqasida turib yashirincha xizmat olib borish qat’iyan taqiqlandi”, — deyilgan muassasa xabarida.

Eslatib o‘tamiz, huquq-tartibot organlarining asosiy vazifasi – qoidabuzarliklarning oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlashdir. Yashiringan ichki ishlar xodimi esa, fuqaroni jarimaga tortishni maqsadida, qoidabuzarlik sodir etish uchun sharoit yaratadi.

© Farrux Jabborov/VTYashiringan YPX xodimlari
Sotrudniki UBDD - Sputnik O‘zbekiston
Yashiringan YPX xodimlari

Biroz oldin IIBB yo‘l patrul xodimlari uchun 2ming donadan ortiq videokameralar sotib olishi mumkinligini va ular yordamida xodimlarning aholi bilan muloqotini videoqayd qilib borilishini xabar qilgan edi. Buyuk Britaniyada videokameralar kiritilishi natijasida politsiya xodimlari ustidan qilinadigan shikoyatlar 93%ga kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0