Ekspert: Ostona sammiti Markaziy Osiyoning birlashishi yo‘lida muhim qadam bo‘ladi

© Sputnik / Vladimir TrefilovGrigoriy Lukyanov ekspert VShE
Grigoriy Lukyanov ekspert VShE - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Oliy iqtisodiyot maktabi" milliy tadqiqot universiteti o‘qituvchisi, Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Grigoriy Lukyanov Ostonada bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti ahamiyati haqida fikr bildirdi

TOShKENT, 13 mar – Sputnik. Ekspertning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining uchrashuvi shunisi bilan ahamiyatliki, hozirda qo‘shnilar orasidagi munosabatlar butkul boshqacha siyosiy yo‘nalishda rivojlanmoqda.

Goroda mira. Astana - Sputnik O‘zbekiston
Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti o‘tkaziladi, YeI buni olqishladi

"Ushbu mintaqaning asosiy muammosi har doim umumiy va muammoli masalalar borasida yakdil fikrga kela olmaslik bo‘lgan. Bunga Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonning ko‘p yillik yetakchilari orasidagi shaxsiy munosabatlar hamda ko‘plab iqtisodiy va savdo jarayonlarining to‘xtab qolishiga sabab bo‘lgan ishonchsizlik muhiti ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazgan", — dedi ekspert.

Lukyanovning aytishicha, rasmiy Toshkentning tashqi siyosatga nisbatan yangichi yondashuvi natijasida qo‘shni mamlakatlar bilan izchil aloqalar o‘rnatish imkoniyati yuzaga keldi. Hozirda, deydi u, mintaqa uchun asosiy masala xavfsizlik emas, balki Markaziy Osiyoning birlashishi uchun xizmat qiladigan savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashdir.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi 15-mart kuni Ostonada bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari ishtirok etishadi, Turkmaniston nomidan prezident Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rniga majlis raisi Akja Nurberdiyeva qatnashadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning noyabrida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ushbu shakldagi uchrashuvni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqandi. Qozog‘iston bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va dastlabki uchrashuvni Navro‘z bayrami arafasida Ostonada o‘tkazishni taklif etdi.

Yangiliklar lentasi
0