Yangi Zelandiyada uchuvchisiz uchar taksi sinovdan o‘tkazilmoqda - OAV

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tishZnak taksi
Znak taksi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elektr dvigatelda ishlaydigan xavfsiz taksi Yangi Zelandiyaning turistik bozori rivojiga hissa qo‘shishiga umid bildirilmoqda

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Dunyodagi eng birinchi uchuvchisiz uchar taksi Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida, Kraystcherch shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi New Zealand Herald.

Ehang 184 uchuvchisiz kvadrokopter - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda dunyoda birinchi uchuvchisiz "taksi" ishlab chiqarildi
Nashr xabariga ko‘ra, uchar taksiga Cora deb nom berilgan. Transport vositasi vertolet singari vertikal tarzda uchishi va yerga qo‘nishi hamda samolyot singari uchishi mumkin. Loyiha ustida sakkiz yil davomida ish olib borilgan. Loyiha ustida ish olib borayotgan Zephyr Airworks kompaniyasi olti yil ichida taksini bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda.

"Bu singari sinovlar transport uchun kelajak imkoniyatlarini ko‘rib chiqish imkoniyatini taqdim etadi. Bunday taksilar kundalik yo‘l uchun anchagina afzalliklarga ega bo‘lib, bizning o‘sib borayotgan turistik bozorimizni ham qo‘llab-quvvatlashi mumkin", — deb aytgan Kraystcherch shahri ma’muriyati rahbari Joanna Noris.

Nashr xabariga ko‘ra, taksi elektr dvigatelda ishlaydi va shu bois atrof-muhit uchun xavfsiz sanaladi.

U ikki kishini tashish uchun mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0