TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolarni Germaniya, Qozog‘iston, O‘mon sultonligiga tashkiliy ravishda ishga jalb etish bo‘yicha ish olib bormoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i Ravshan Ibragimovning aytishicha, O‘zbekiston bugungi kunda mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik geografiyasini muntazam ravishda kengaytirmoqda.
"Avvalroq ishga tashkiliy jalb etish Janubiy Koreya, Rossiya, Yaponiya va Polsha bilan yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi BAA bilan hamkorlik boshlanmoqda. Agentlik shuningdek, Germaniya, Qozog‘iston, O‘mon sultonligi bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik o‘rnatish masalasi ustida tegishli ishlarni olib bormoqda", — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Turkiyaning "Tayga grup" kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Turkiyada ish bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Turkiya kompaniyasi xizmatchi, idish yuvuvchi, animator, resepshn, ofitsant, barmen, shveysar, oshxona ishchisi, oshpaz lavozimlariga xodimlarni olmoqda. O‘rtacha maosh oyiga 430 dollarni tashkil qiladi, ish kunlari — dushanbadan juma kunigacha. Yashash, ovqatlanish va O‘zbekistondan borish xarajatlari turk kompaniyasi tomonidan to‘lanadi.