Samarqandga Tojikistondan qimmatbaho sovg‘a keldi

© uzaOtkritie KPP "Jartepa" mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom
Otkritie KPP Jartepa mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yettinchi mart kuni "Jartepa" o‘tkazish punktida O‘zbekiston prezidentining Tojikistonning Sug‘d viloyatiga sovg‘asi - Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan avtobus topshirilgan edi

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Samarqandga Sug‘d viloyati hokimidan qimmatbaho sovg‘a keldi, deb xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

"10 mart kuni Sug‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayevga "Sarazm"-"Jartepa" o‘tkazish punkti orqali qimmatbaho sovg‘a yubordi", — deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati va Sug‘d viloyatining Panjakent shahri hokimliklari vakillari ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlar kun sayin mustahkamlanib borayotgani, yangi davr talablari asosida rivojlanayotganini e’tirof etishdi. Mamlakatlarimizni umumiy tarix, uzviy ma’naviy qadriyatlar bog‘lab turgani, bu ikki xalq azaldan bir darodan suv ichib, qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langani yana bir bor tilga olindi.

Shavkat Mirziyoyev podaril Raxmonu knigu tadjikskogo poeta Djami - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonning qo‘shma bayonoti
Eslatib o‘tamiz, keyingi kunlarda o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasida kuzatilayotgan yaqin qo‘shnichilikka asoslangan hamkorlikni nafaqat ikki mamlakat ahli, balki butun dunyo katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda.

Xususan, 1-mart kuni Samarqand viloyatining "Jartepa", Sug‘d viloyatining "Sarazm" o‘tkazish punktlari o‘z ishini tikladi. Samarqand — Panjakent oralig‘ida A-377 xalqaro avtomobil yo‘li yana ochildi.

7 mart kuni Samarqand shahrida ikki xalqning buyuk vakillari — Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyga yodgorlik o‘rnatildi.

Shu kuni "Jartepa" o‘tkazish punktida O‘zbekiston prezidentining Tojikistonning Sug‘d viloyatiga sovg‘asi — Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan avtobus topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0