“Asaka” bank ichki turizm bo‘yicha iste’mol kreditlari taklif qila boshladi

© uzbektourism.uzTuristi v Buxare
Turisti v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Miqdori 10 million so‘mgacha bo‘lgan kredit evaziga, litsenziyasi bor bo‘lgan sayyohlik tashkilotlaridan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat xizmatlari xarid qilish mumkin.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. “Asaka” bank ichki turizm uchun iste’mol kreditlari taklif qila boshladi, deb xabar qilmoqda bank matbuot xizmati.  

“Asaka” aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston bo‘ylab sayyoxlik turlarini sotib olish bo‘yicha iste’mol kreditining yangi turi joriy etilganligini e’lon qiladi”, — deyilgan xabarda.

Ushbu kredit evaziga O‘zbekiston bo‘ylab sayyohlik turlarini sotib olish mumkin bo‘ladi. Kredit miqdori 10 million so‘mgacha, muddati 3-yilgacha, boshlang‘ich badal to‘lovi olinmaydi.  

Kreditning foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi doirasida, ya’ni 14% doirasida bo‘lishi aytilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0