TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Ostonadagi diplomatik missiyasiga yangi rahbar etib Saidikrom Niyozxo‘jayev tayinlandi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra Niyozxo‘jayev 10-mart kuni Ostonaga jo‘nab ketgan.
Saidikrom Niyozxo‘jayev kasbi bo‘yicha — quruvchi-muhandis. Niyozxo‘jayev Tashqi ishlar vazirligiga kelguniga qadar O‘zbekiston prezidenti apparatida, O‘zbekiston Hukumatining yuqori lavzimlarda, jumladan, davlat maslahatchisi o‘rinbosari, Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari lavozimlarda ishlab kelgan.