Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi qirg‘iz tilida chop etildi

Obuna bo‘lish
Bishkekda O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi qirg‘iz tilida chop etildi.

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasining to‘liq matni qirg‘iz tilida kitob shaklida chop etildi, deb xabar qilmoqla TIV matbuot xizmati. 

Qirg‘iziston prezidentining Alohida topshriqlar bo‘yicha elchisi Irina Orolbayeva aytishiga qaraganda Mirziyoyevning ko‘pchilik takliflari Qirg‘iziston uchun ham juda dolzarb.

“Murojaatnomaning asosiy qismlarini diqqat bilan o‘rganib, men Qirg‘iziston va O‘zbekistonda rivojlanish uchun bir yo‘l mavjud degan xulosaga keldim. Shavkat Mirziyoyevning ko‘pchilik takliflari Qirg‘iziston uchun ham juda dolzarb. Kitobni o‘qish juda ham qiziq”, — deydi Diplomatik akademiyaning “Xalqaro munosabatlar va huquq” kafedrasi professori, elchi Irina Orolbayeva.

Kitob taqdimoti 2018-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligiga bag‘ishlangan “Qirg‘iziston-O‘zbekiston hamkorligi rivojlannishining yangi ufqlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Dinara Kemelova boshchiligidagi TIV vakillari, Qirg‘iziston favqulodda va muxtor elchilari, TIV Diplomatik akademiyasi, Strategik tadqiqotlar milliy instituti, “Manas” Qirg‘iz-Turk universiteti, Qirg‘iziston Milliy universiteti, Qirg‘iziston davlat universiteti, Qirg‘iziston xalqaro universiteti rahbarlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

© MID UzbekistanaShavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi qirg‘iz tilida
Perevod na kirgizskiy yazik obrasheniya k Parlamentu Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi qirg‘iz tilida

Yangiliklar lentasi
0