Jamiyat

Leonid Yakubovich Buxoroga keldi

© livebukhara.uz / Leonid Yakubovich posetil Buxaru
Leonid Yakubovich posetil Buxaru - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“Birinchi kanal”dagi “Pole Chudes” koʻrsatuvining mashhur teleboshlovchisi Buxoroga tashrif buyurdi

TOSHKENT, 11 mar – Sputnik. Oʻtgan juma-shanba kunlari Leonid Yakubovich Buxoroda boʻldi, deb xabar qilmoqda LiveBukhara.uz sahifasi.

“9-10 mart kunlari “Rossiya yahudiylar kongressi” delegatsiyasi Buxoroga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga kongress direktori Yuriy Kannerov boshchilik qildi. Mashhur teleboshlovchi Leonid Yakubovich unga hamrohlik qildi”, — deyilgan xabarda.

Buxoroda mehmonlar mahalliy yahudiylar jamoati vakillari bilan uchrashishdi, yahudiylar madaniy markaziga tashrif buyurishdi. Buxoro hokimi Karim Kamolov mehmonlarni shahar obidalari bilan tanishtirdi. Shundan soʻng mehmonlar viloyat Yoshlar markaziga tashrif buyurishdi hamda hamkorlikni mustahkamlash borasida muzokaralar olib borishdi.

Yangiliklar lentasi
0