TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Buxoro shahrining qadimiy qismida havoda muallaq turuvchi allomalar attraksioni yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Avvalroq Buxoroda muallaq darvish attraksioni paydo bo‘lgan, u ko‘pchilikning e’tiborini jalb qilgandi.
"Attraksionlarning muvaffaqiyati turistik yo‘nalishlarda joylashgan interaktiv ko‘ngilochar tomoshalar sayohatdan olinadigan umumiy taassurotga ijobiy ta’sir qilishini ko‘rsatmoqda", — deyiladi xabarda.
Shu bois Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlar uchun turli ko‘ngilochar attraksionlarni yanada kengaytirishni tavsiya qilmoqda.