O‘zbek-tojik Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida 20dan ortiq hujjat imzolandi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kengashning ikkinchi yig‘ilishi 2018-yilning ikkinchi yarmida Toshkentda bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Dushanbeda o‘zbek-tojik Ishbilarmonlar kengashi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston va Tojikiston Ishbilarmonlar kengashining rais va a’zolari, ikki mamlakat vazirlik va idoralari, 120 nafar kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etdi.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon vstretil prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonda tantanali kutib olindi

Yig‘ilish qatnashchilari O‘zbekiston va Tojikiston savdo-iqtisodiy aloqalar va o‘zaro savdoni yanada rivojlantirish tarafdori ekanligini qayd etdilar, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra ikki mamlakat Ishbilarmonlar kengashi birinchi yig‘ilishi natijalari bo‘yicha bayonnoma hamda 20dan ortiq ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hujjatlar imzolandi.

Kengashning ikkinchi yig‘ilishi 2018-yilning ikkinchi yarmida Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega ikki kunlik davlat tashrifi boshlandi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha 25dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazilishi, iqtisodiyotning turli sohalari bo‘yicha hamkorlik qilish haqida shartnoma va kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0