Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning o‘g‘li qidiruvga berildi

© pixabayMolotok
Molotok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
42 yoshli Alisher Qodirov tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etishda gumon qilinmoqda

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirovning o‘g‘li Alisherbek Qodirovni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritdi.

Alisherbek Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan:

165-moddaning 2-qismi "a" bandi — takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik;

165-moddaning 3-qismi "a" bandi — juda ko‘p miqdordagi tovlamachilik;

168-moddaning 3-qismi "a" bandi — ko‘p miqdordagi firibgarlik;

168-moddaning 4-qismi "a" bandi — juda ko‘p miqdordagi firibgarlik;

© MVD UzbekistanaSin eks-genprokurora Uzbekistana Alisher Kadirov, obyavlenniy v rozisk
Sin eks-genprokurora Uzbekistana Alisher Kadirov, obyavlenniy v rozisk - Sputnik O‘zbekiston
Sin eks-genprokurora Uzbekistana Alisher Kadirov, obyavlenniy v rozisk

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilayotgan jinoyat ishi doirasida R.Qodirov O‘zbekiston  Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlanganligi haqida xabar berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0