Lola Karimova-Tillayeva orden bilan mukofotlandi

© IstagramLola Karimova
Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Unga mukofotni Ikki Sitsiliya shahzodasi Charlz hamda malika Kamilla de Burbonlar topshirishdi

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillayeva Fransisk I qirollik ordenining Dama faxriy unvoniga munosib deb topildi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida xabar qildi.

Unga mukofotni Ikki Sitsiliya shahzodasi Charlz hamda malika Kamilla de Burbonlar topshirishdi.

"Fransisk I qirollik ordenining ushbu yuksak unvoniga muyassar bo‘lish men uchun katta sharaf. Orden muhim gumanitar va xayriya tashabbuslar hamda dinlararo aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun xalqaro darajada tan olingan",- deb yozadi u.

Turli yillarda Fransisk I ordenining ritsar va dama unvoniga Daniya malikasi Benedikta, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri baronessa Margaret Tetcher, Makka viloyati hokimi shahzoda Holid al-Faysal bin Abdulaziz al-Saud, Kosovoning sobiq prezidenti Atifete Yaxyaga, BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lola-Karimova Tillayeva O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etishini bildirgandi. Fevral oyi boshida u O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunlagandi.

Yangiliklar lentasi
0