O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320
Samolet Airbus A320 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkish Airlines aviakompaniyasi Samarqand va Istambul o‘rtasida 16-martdan muntazam parvozlar boshlanadi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Hozirgi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ish olib borilmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Xabarda aytilishicha, yangi qatnovlar to‘g‘risida Turkiya elchisi Axmed Bashar Shen ma’lum qildi. Uning fikriga ko‘ra, shaharlar o‘rtasidagi parvozlar soni ham ko‘paytirish maqsadga muvofiq.

Diplomat Turkish Airlines aviakompaniyasi Samarqand va Istambul o‘rtasida 16-martdan muntazam parvozlar boshlanishi va birinchi parvoz o‘tgan yilning 30-oktabrida amalga oshirilganligi ta’kidlab o‘tdi.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya prezidenti Rajab Erdog‘an may oyida O‘zbekistonga keladi

"Aviakompaniyamiz samolyotlari bu yo‘nalishda haftasiga 2-marta parvoz amalga oshiriladi, keyinchalik parvozlarning sonini 4-martagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Toshkent bilan Anqara, Izmir va Turkiyaning boshqa bir qator shaharlari o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz", — dedi Axmed Bashar Shen.

Shuningdek, ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida parvozlar soni 7 tadan 14 tagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Turkiyadan Buxoro, Xiva parvozlarni, shuningdek Qarshi, Navoiy, Farg‘onaga charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Shu jumladan, loukoster aviakompaniyalarni hamkorlikka jalb etiladi.

Yangiliklar lentasi
0