Dushanbedagi istirohat bog‘iga Alisher Navoiy nomi beriladi

© Foto : Podrobno.UZPamatnik Alisheru Navoi
Pamatnik Alisheru Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbedagi Behzod ko‘chasida joylashgan istirohat bog‘i Alisher Navoiy nomi bilan ataladi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Dushanbedagi istirohat bog‘iga O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari do‘stligining ramzi sifatida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy yodgorliklari o‘rnatiladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning farmoyishida belgilab qo‘yildi.

Prezident Dushanbe meri Rustam Emomaliga shahar xalq deputatlari majlisiga poytaxtdagi Behzod ko‘chasida joylashgan "Yoshlikning 50-yilligi" istirohat bog‘i nomini "Nizomiddin Alisher Navoiy" deb qayta nomlash bo‘yicha taklif kiritishni topshirdi.

Hujjatda aytilishicha, mutafakkirlar yodgorliklari loyihalari tanlov asosida tanlab olinadi.

Yangiliklar lentasi
0