Shavkat Mirziyoyevni Dushanbeda minglab tojikistonliklar kutib olishadi

© IA "Jaxon"Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti aeroportdan vaqtinchalik qarorgohga qadar minglab aholi tomonidan ikki mamlakat davlat bayroqlari va shiorlar bilan qarshi olinadi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Dushanbeda minglab aholi kutib oladi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev tashrifiga tayyorgarlikni shaxsan Rahmonning o‘zi nazorat qilmoqda

"9-10 mart kunlari O‘zbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi aeroportdan vaqtinchalik qarorgohga qadar minglab aholi tomonidan ikki mamlakat davlat bayroqlari va shiorlar bilan qarshi olinadi", — deyiladi xabarda.

Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston rahbarining Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuhurov va mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Oliy martabali mehmonni rasman qabul qilish marosimi millatlar saroyida bo‘lib o‘tadi, so‘ngra Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlarining "birga bir" shaklidagi muloqotlari o‘tkaziladi.

Muloqot yakuniga yetganidan keyin ikki davlat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan shakldagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi, so‘ngra ikki davlat o‘rtasidagi davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlar imzolanadi.

Yangiliklar lentasi
0