Rossiya oliygohlarida O‘zbekiston talabalari uchun 203 ta budjet o‘rinlar ajratildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMinistr obrazovaniya i nauki RF Olga Vasilyeva
Ministr obrazovaniya i nauki RF Olga Vasilyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya oliygohlari filiallarini ochish masalasi bo‘yicha jadal ravishda ishlar olib borilmoqda

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiya ta’lim vazirligi xorijda Rossiya oliygohlarining yangi filiallari masalasi bo‘yicha ish olib bormoqda. Rossiya ta’lim vaziri Olga Vasilyeva O‘zbekiston bilan loyihalar haqida so‘zlab berdi.

Devushki poyut gimn Uzbekistana v uchilishe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston kollejlarida yangi qoida joriy etildi

"Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya oliygohlarining filiallarini ochish masalasida jadal ravishda ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonga 2018-2019 o‘quv yilida Rossiya hukumati 203 ta kvota o‘rinlari ajratilgan", — dedi Olga Vasilyeva.

2017 yilda Rossiya ta’limini eksport qilish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Shuningdek, professional ta’limni sertifikatsiya va akkreditatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati tayyorlandi.

Bundan tashqari, xorijdagi Rossiya maktab o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Rossiya hududida xorijiy talabalarni bo‘lish sharoitlarini optimizatsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Albatta, bu choralar o‘z samarali natijalarini bermoqda. Xususan, o‘rta va oliy ta’lim muassasalaridan kunduzgi bo‘limlarda tahsil olayotgan xorijiy talabalar soni ortig‘i bilan bajarilib, 26,2 ming kishini tashkil qildi.

"2017 yilda Rossiya ta’lim muassalarining kunduzgi bo‘limlarida 220 ming xorijiy talabalar tahsil olishini rejalashtirganmiz, lekin ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda 246,2 ming talabalar tahsil olishmoqda", — deb qo‘shimcha qildi Olga Vasilyeva.

Yangiliklar lentasi
0