O‘zbekiston kurashchilari Bishkekda 15ta medal yutib olishdi

© Sputnik / Tabildi Kadirbeko Chempionat Azii po borbe vo Dvorse sporta v Bishkeke
Chempionat Azii po borbe vo Dvorse sporta v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
27 fevraldan 4-martgacha bo‘lgan musobaqalarda 20 dan ortiq mamlakat sportchilari ishtirok etishdi.

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonda bo‘libt o‘tgan sport kurashi bo‘yicha Osiyo chempionatida 15 medal sohibi bo‘ldi.

Turnirning 6 kunida 30 komplekt medallar o‘z egalarini topdi. Erkin kurash va Yunon-rum kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda erkak va ayol sportchilar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz.

 

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7ta medal olib, jamoalar orasida birinchilikni qo‘lga kiritdi. Oltin medal — Ixtiyor Navruzov (70 kg), Magomed Ibragimov (97 kg) va Davit Modzmanashvili (125 kg)larga nasib qildi. Kumush medal — Maxmud Shavkatov (57 kg), Abbos Raxmonov (61 kg), Timur Usmonoxunov (65 kg) va Aziz Soliyev (92 kg).

Shu bilan bir vaqtda Yunon-rum kurashi bo‘yicha ham O‘zbekiston jamoasi 7ta medalni qo‘lga kiritdi va jamoalar orasida uchini o‘rinni egalladi. 63kg vazn toifasida Elmurad Tasmuradov ushbu sport turidan O‘zbekiston uchun yagona bo‘lgan oltin medalni olib keldi. Bu Elmurodning qit’a chempionatlarida erishgan 4-g‘alabasi bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0