Toshkent viloyatidagi "Bo‘zsuv" kanalidan yevropa millatiga mansub ayolning jasadi topildi

© Foto: MChS Uzbekistana Proxodashaya cherez kanal truba v Tashkente
Proxodashaya cherez kanal truba v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayolning ko‘krak va biqin qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazib, so‘ngra kanalga uloqtirishgan

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray shaharchasi hududidan oqib o‘tuvchi "Bo‘zsuv" kanalidan 50-60 yoshlardagi yevropa millatiga mansub noma’lum ayolning jasadi topildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, ayol tanasi joriy yilning 18-yanvarida aniqlangan.

"Ayolning jasadi ko‘krak va biqin qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazilgan holda topilgan edi", — deyiladi xabarda.

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni yashash va ishlash joyining tayini bo‘lmagan, muqaddam sudlangan, 1977-yilda tug‘ilgan Gennadiy Korochensev mast holda sodir etganligi aniqlangan.

Jinoyatda gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0