Mangistauda halok bo‘lgan xorazmliklar O‘zbekistonga olib kelindi

Obuna bo‘lish
Marhumlar jasadlari ortilgan samolyot bugun soat 11:45da Xorazm viloyatiga yetib keldi. Ayni damda qurbonlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 4 mar – Sputnik. Qozog‘istonda YTHda qurbon bo‘lgan fuqarolar jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Semero chelovek pogibli v avarii na trasse Aktau-Beyneu - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istondagi avtohalokatning yettinchi qurboni shaxsi aniqlandi

“O‘zbekiston va Qozog‘iston bir qator muassasalarining sa’y-harakatlari natijasida Mangistau viloyatida qurbon bo‘lgan fuqarolar jasadlari 4-mart kuni soat 11:45da Xorazm viloyatiga olib kelindi. Hozirda, halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda”, — deyilgan rasmiy xabarda   

Ushbu yilning 1-mart kuni Qozog‘istonning Mangistau viloyatidagi Seygus qishlog‘ida 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan “Lada Largus” avtomobili Yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0