Mirziyoyev Germaniyadagi yetakchi kompaniyalardan birining rahbari bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan vstretilsya s predsedatelem pravleniya vedushey nemeskoy kompanii "Mangold Konsalting"
Prezident Respubliki Uzbekistan vstretilsya s predsedatelem pravleniya vedushey nemeskoy kompanii Mangold Konsalting - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident O‘zbekistonda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini alohida ta’kidladi

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning "Mangold Konsalting" kompaniyasi boshqaruvi raisi Klaus Mangold bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekistonda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini alohida ta’kidladi", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va Germaniya banklari 100 million yevrolik shartnoma imzolashdi

Uchrashuvda Germaniya kompaniyalari bilan O‘zbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarini ochish, transport-logistika va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, savdo-sotiq va qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

"Mangold Konsalting" kompaniyasiga raislik qilish bilan birga turizm sohasida eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan "TUI grup" kuzatuv kengashining rahbari sanaladigan Klaus Mangold O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli biznes-sheriklikdan g‘oyat manfaatdor ekanini qayd etdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Germaniyaning "MAN", "Klaas", "Lemken", "Knauf" kabi o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan konsern va korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. "Simens", "Bosh", "Vismann", "Xumana" va ko‘plab boshqa kompaniyalar bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Germaniyadan O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0