TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Toshkentda “Tandir” kafesining tomi qulab tushdi, deb xabar berdi uznews.uz Yunusobod tumani IIBdagi manbasi xabariga asoslanib.
Hodisa oqibatida ikki nafar mijoz turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea sabablari aniqlanmoqda.
Avvalroq Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Qo‘chqor-Ota shahridagi kafeda tabiiy gaz portlashi oqibatida uch nafar o‘zbekistonlik jarohat olgandi.