Qozog‘istondagi YTHda olti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

© Sputnik / Stas EtveshSkoraya pomosh, arxivnoe foto
Skoraya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avariyada halok bo‘lganlar Xorazm viloyatidan ekanligi ma’lum qilingan

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Qozog‘istonning Mangistaus viloyatida yuz bergan YTHda yetti kishi, shu jumladan O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston FVV matbuot-xizmati.

Skoraya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus ag‘anadi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 1-mart kuni tong sahar 06.00 (4.00 msk) Qozog‘istonning Mangistau viloyati Manigistau tumani Shepte qishlog‘idan o‘tuvchi "Aktau-Beyneu" avtomobil yo‘lida LADA Largus avtomobili va Shacman yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

"YTH oqibatida avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hodisa joyida yetti kishi halok bo‘lgan, ularning olti nafari O‘zbekiston fuqarolaridir", — deyiladi xabarda.

Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning barchasi Xorazm viloyatidan bo‘lishgan. YTH munosabati bilan O‘zbekiston FVV qaynoq liniyani tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0