TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Bugundan boshlab Samarqand va So‘g‘d viloyatlari chegarasida joylashgan "Jartepa-Sarazm" chegara nazorat punkti ishga tushishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Ushbu chegara nazorat punkti piyoda va avtomobillar o‘tishini moslashgan. Yangi ochiladigan chegara nazorat punkti So‘g‘d viloyati markazi bo‘lgan Panjakent shahrini va Samarqand bilan bog‘laydi.
Chegara punktining ochilish marosimini ikkala tomondan ham fuqarolar uzoq vaqtlardan beri orziqib kutishayotgan edi. Tantanali ochilish marosimi karnay-surnay sadolari ostida hamda viloyat rahbarlari va jamoatchilik faollari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.