Yo‘l harakati qoidasini buzganlik to‘g‘risidagi protokol elektron shaklda tuziladi

© AP Photo / Mikhail MetzelSotrudnik militsii osmatrivayet avtomobil
Sotrudnik militsii osmatrivayet avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu tartib yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etilgandan so‘ng amalga oshirila boshlanadi

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Endi O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidasini buzganlik to‘g‘risidagi protokol elektron shaklda tuziladi. Bu haqda O‘zbekiston Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Erali Bozorovga asoslanib xs.uz xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarolari YHXB xodimlaridan istalgan axborotni olishlari mumkin bo‘ladi

Xabarga ko‘ra, bu tartib yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etilgandan so‘ng amalga oshirila boshlanadi. Qoida buzilishlar bo‘yicha barcha ma’lumotlar maxsus elektron bazaga joylashtiriladi.

Ayni paytda mazkur tizimni ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha jarayonlar ketapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 10-yil muddatga beriladi. Amaldagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2017-yil 1-oktabr — 2018-yil 31-dekabr davrida ixtiyoriy ravishda, 2019-yil 1-yanvar — 2020-yil 31-dekabr davrida majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0