Tramp Mirziyoyevning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp
Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti yaqin orada O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashishni intizorlik bilan kutib qolishini bildirgan

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga AQSh prezidenti Donald Trampdan joriy yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga oid maktub keldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, AQSh prezidenti O‘zbekiston prezidentining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ta’rifi bayon etilgan maktubini olganidan mamnun bo‘lganini qayd etdi.

Maktubda AQShning Janubiy Osiyodagi strategiyasi mintaqa mamlakatlarini Afg‘onistondagi nizoni tartibga solish va vaziyatni barqarorlashtirish uchun birdek mas’uliyat his qilishga undashi ta’kidlangan.

Donald Tramp O‘zbekiston prezidentining mintaqaviy yondashuvga doir tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi, bu esa o‘z navbatida vaziyatni tinch muzokaralar yo‘li bilan hal qilish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyot, jumladan, Afg‘oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirishini qayd etdi.

"Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlaringiz katta muvaffaqiyatlar keltirdi. O‘tgan yili noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan konferensiya butun Markaziy Osiyo bo‘ylab istiqbolli hamkorlik muhitini yaratdi, dekabr oyidagi prezident Ashraf G‘ani bilan uchrashuvingiz esa mustahkam hamkorlik va taraqqiyotga zamin hozirlab berdi.

Prezidenti Uzbekistana i Tursii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni Toshkentga Afg‘oniston bo‘yicha anjumanga taklif qildi

Sizning Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga doir tashabbusingizni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman, shunday ekan, ushbu format afg‘onistonliklar boshchilik qilayotgan Kobul jarayoni bilan muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun biz hamkorlikda astoydil ishlashimiz zarur. Oq uy ma’muriyati Toshkentdagi konferensiyada ishtirok etuvchi AQSh delegatsiyasi tarkibini ko‘rib chiqmoqda.

Samimiy va iliq so‘zlaringiz, shuningdek, Afg‘onistondagi birgalikdagi sa’y-harakatlarga qo‘shayotgan ulkan hissangiz uchun minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. O‘zbekiston xalqiga salomim va ezgu tilaklarimni yetkazishingizni so‘rayman", deyiladi maktubda.

AQSh prezidenti yaqin orada O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashishni intizorlik bilan kutib qolishini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0