Toshkent - romantik uchrashuv o‘tkazish uchun eng arzon shahar

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishVlyublennie
Vlyublennie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunday uchrashuv uchun Toshkent shahrida 50 dollar sarflanadi

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Toshkent romantik uchrashuv o‘tkazish uchun eng arzon shahar deb topildi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, ECA International konsalting agentligi jahondagi turli shaharlar aholisi romantik uchrashuv uchun qancha pul sarflanishini hisob-kitob qilgan.

Uchrashuv o‘ta qimmatga tushadigan shahar deb Jeneva topildi. Bu yerda bir uchrashuv o‘rtacha 295 dollarga to‘g‘ri keladi. Bunga kino uchun ikkita chipta (41 dollar), restoranda kechki ovqat (175 dollar), barda ikkita kokteyl (34 dollar) va taksi xarajati (45 dollar) kiradi.

Osloda bir romantik uchrashuv 262, Nyu-Yorkda 225, Sidneyda 217 va Londonda 205 dollarga tushadi.

Bunday uchrashuv uchun eng kam pul Toshkent shahrida sarflanar ekan – kino, bar, restoran va taksi uchun 50 dollar.

Uchrashuv arzonligi bo‘yicha keyingi o‘rinda 69 dollar sarflanadigan Keyptaun va 75 dollar sarflanadigan Qohira joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0