Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi

© Sputnik / Ilya PitalevPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahongir Jo‘rayevich Xatamov Xorazm viloyat prokurori lavozimiga 5-yil muddatga tayinlandi

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018-yil 27-fevraldagi buyrug‘iga muvofiq Jahongir Jo‘rayevich Xatamov Xorazm viloyat prokurori lavozimiga 5-yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.

Jahongir Xatamov bunga qadar Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

U yaqindagina Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga boshliq etib tayinlangan Akmalxo‘ja Mavlonov o‘rniga ushbu lavozimga tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0