"O‘zbekiston temir yo‘llari" Navro‘z bayrami munosabati bilan chegirmalar joriy qildi

Obuna bo‘lish
Joriy yil 18-martdan 22-martgacha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarda oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptasining tarif qismidan 50 foizgacha chegirma joriy qilindi

TOShKENT, 1 mar- Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Navro‘z bayramini nishonlash kunlarida yo‘lovchilar uchun chegirmalar joriy etildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda bildirilishicha, joriy yil 18-martdan 22-martgacha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarda (shu jumladan, yuqori harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdlarida) oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptasining tarif qismidan 50 foizgacha chegirma joriy qilindi.

Bu fuqarolarning davlat rasmiy sanalarini nishonlash davrida to‘laqonli dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” Navro‘z bayrami munosabati bilan ichki yo‘nalishlarga 30%dan 50%gacha chegirma e’lon qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0