FVV kuchli yomg‘ir va sel kelishidan ogohlantirmoqda

© Sputnik / Vladimir Semenyuk / Mediabankka o‘tishLiven v Stavropole
Liven v Stavropole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan htiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 1-2 mart kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjudligidan ogohlantirmoqda.

Gidrometeorologiya xizmati Markazining xabarnomasiga asosan, 1-mart kuni respublika hududida yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, joylarda shamol tezligi 17-22 m/s (61-79 km/soat) gacha esishi va 23-28 m/s (83-101 km/soat) gacha kuchayishi mumkin.

Shu bois FVV aholidan htiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

Xabarda bildirilishicha, 1-mart kuni havo harorati kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, 2-mart kuni kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0