Toshkent anjumani O‘zbekiston xalqaro sahnaga qaytayotganini anglatadi, deb hisoblaydi AQSh

Obuna bo‘lish
AQSh Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston tomon amalga oshirayotgan harakatlarga baho berdi. AQSh Davlat departamenti Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha Toshkent anjumanini "O‘zbekiston xalqaro sahnaga qaytmoqda", deya baholadi

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘oniston masalasida "tarixiy rol" o‘ynamoqda, deb hisoblaydi AQSh.

Kamilov: voyennogo resheniya situatsii v Afganistane net - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: Afg‘oniston muammosini harbiy yo‘l bilan hal etib bo‘lmaydi
Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish masalalariga bag‘ishlangan Toshkent anjumaniga "O‘zbekiston xalqaro sahnaga qaytmoqda" deya ta’rif berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Nashr xabariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti vakili Xezer Nauert ushbu anjuman o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlashda "tarixiy rol" o‘ynamoqda, deya bayonot qilgan. 

"Biz O‘zbekiston Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlashda tarixiy rol o‘ynamoqda, deb hisoblaymiz. Va bu konferensiyani to‘la hisobda (O‘zbekistonning) xalqaro sahnaga qaytishi deya hisoblash mumkin", — degan Xezer Nauert brifingda.

U Afg‘oniston hukumati, AQSh vakillari singari Toshkentdagi konferensiyada ishtirok etayotganini eslatib o‘tgan.

"(Uchrashuvdan) maqsad — Afg‘oniston hukumatining tinchlikni ta’minlash bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi qator xalqaro sheriklarni uchrashtirishga harakat qilishdir", — degan Davlat departamenti vakili.

Yangiliklar lentasi
0