Ana bayram: o‘zbekistonliklar mart oyida sal kam ikki hafta dam olishadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan beriladigan 5 kunlik dam olish hisobiga, fuqarolar shu oyning o‘zida 12 kun dam olishlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami kunlarida uzluksiz 5 kun, umuman mart oyida 12 kun dam oladi. "Qalampir" nashri xabariga asosan.

Navruz v turisticheskom komplekse Etnomir - Sputnik O‘zbekiston
Navro‘z bayramini nishonlash to‘g‘risida prezident qarori e’lon qilindi

O‘zbekiston prezidentining "2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda besh kun — 18-martdan 22-martgacha uzluksiz dam olish kunlari deb e’lon qilingan.

Hujjatga muvofiq, 19-20 mart hamda 22-mart kunlari ish kunlari bo‘lsa-da, bayram munosabati bilan dam olish kuni etib belgilangan. Bunda 19-mart — 17-martdan ko‘chirilgan dam olish kuni, 20-mart — qo‘shimcha dam olish kuni, 22-mart — 24-martdan ko‘chirilgan dam olish kuni sifatida ko‘rsatilgan.

Umuman olganda, mart oyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda boshqa dam olish kunlarini qo‘shib hisoblaganda 12 kun dam olinadi.

Yangiliklar lentasi
0