TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati o‘zining Telegram-kanali orqali.
Alisher Sultonov TAPI gaz quvurining ikkinchi bosqichining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Turkmanistonga keldi. Ushbu bosqichda Turkmaniston — Afg‘onistan — Pokiston orasida elektr uzatish va optik-tolali aloqa tizimlari ishga tushiriladi. Undan tashqari “Serxetabat — Turgundi” yo‘nalishida temir yo‘l aloqasi ham o‘rnatiladi.
Berdimuhamedov aytishiga qaraganda, Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu – qo‘shni mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston bilan, samarali muloqot olib borishdir.
O‘z navbatida Alisher Sultonov ikki mamlakat orasidagi do‘stlik va og‘a-inilikka asoslangan, uzoq muddatni ko‘zlovchi munosabatlar, kelajakda rivojlanishda davom etishiga ishonch bildirdi.
TAPI gaz quvuri – Turkmaniston — Afg‘oniston — Pokiston – Hindiston orasida qurilmoqda. Uning umumiy uzunligi 1735 km bo‘lib yillik quvvati 33 mlrd metr kub gazni tashkil qiladi. Gaz quvurining 200 kilometri Turkmaniston hududidan, 735 km – Afg‘oniston hududidan va 800 km Pokiston hududidan o‘tkazish rejalashtirilgan.