Hindistonlik super yulduz Shridevi yurak hurujidan vafot etdi

© SputnikSveti i pamatnie svechi, arxivnoe foto
Sveti i pamatnie svechi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aktrisaning vafoti munosabati bilan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi hamda prezidenti Ram Natx Kovindlar chuqur hamdardlik bildirishgan

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Hindistonlik kinoaktrisa Shridevi (haqiqiy ismi Shri Amma Yanger Ayapan) shanba kuni kechqurun Dubayda yurak hurujidan olamdan o‘tdi. Bu haqda yakshanba kuni NDTV telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, aktrisa jiyanining to‘yida ishtirok etish uchun Dubayga kelgan bo‘lgan.

Shridevi o‘zbekistonlik hind kinolari muxlislari orasida juda mashhur edi. Aktrisa o‘z faoliyati davomida 270ta kinokartinada suratga tushgan.

Aktrisaning bevaqt o‘limi munosabati bilan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi hamda prezidenti Ram Natx Kovindlar chuqur hamdardlik bildirishgan.

Yangiliklar lentasi
0