Toshkentda alamzada erkak metroni portlatish bilan tahdid qildi

© Sputnik / N. Klyuchnev / Mediabankka o‘tishEmblema metro na prospekte Drujbi narodov v Tashkente
Emblema metro na prospekte Drujbi narodov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"1009" xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini "Doniyor Xoliqov" deb tanishtirgan shaxs "Agar turmush o‘rtog‘im farzandimni 20 daqiqa ichida olib kelib bermasa, metroda portlash sodir bo‘ladi", deb aytgan va go‘shakni qo‘yib qo‘ygan

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Toshkentda alamzada erkak metroni portlatish bilan tahdid qildi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Bomba borligi to‘g‘risida yolg‘on xabar bergan ayol jarimaga tortiladi

Hodisa 22-fevral kuni kunduzi sodir bo‘lgan.

"1009" xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini "Doniyor Xoliqov" deb tanishtirgan shaxs "Agar turmush o‘rtog‘im farzandimni 20 daqiqa ichida olib kelib bermasa, metroda portlash sodir bo‘ladi", deb aytgan va go‘shakni qo‘yib qo‘ygan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu qo‘ng‘iroq Shayxontohur tumanida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan Doniyor Xoliqov tomonidan amalga oshirgani aniqlangan.

Telefon-terrorchisi qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0