TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Farhod Ro‘ziyev "O‘zbektelekom" kompaniyasiga direktor etib tayinlandi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Ro‘ziyev Shuhrat Qodirovning o‘rniga tayinlandi. Yangi direktorni umumiy yig‘ilishda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev tanishtirgan.
Farhod Ro‘ziyev bunga qadar Sarkor Telekom kompaniyasi direktori lavozimida ishlagan, shuningdek, AQShning Winncom Technologies kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasida ishlagan. U 2011-yilda O‘zbekistondagi internet-provayder — Uzonline loyihasini yaratuvchilardan biri bo‘lgan.