Hukumat "Avtotest" monopoliyasini bekor qildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishVoditel za rulem avtomobilya
Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikada 2018-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining haydovchilari ikki yilda bir marta malaka oshirish kurslarida o‘qishlari to‘g‘risidagi tartib kuchga kirgandi

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha "Avtotest"ning monopol huquqi bekor qilindi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda haydovchilar uchun majburiy o‘quv kurslari narxi e’lon qilindi

Adliya vazirligining xabar berishicha, bu borada Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Respublikada 2018-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining haydovchilari ikki yilda bir marta malaka oshirish kurslarida o‘qishlari to‘g‘risidagi tartib kuchga kirgandi. Bunda haydovchilarni o‘qitish bo‘yicha monopol huquq "Avtotest" kompaniyasiga berilgandi.

Bu qaror kompaniyaning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha erishgan yutuqlari, uning zamonaviy o‘quv-uslubiy texnologiyalardan foydalanilayotganligi bilan izohlangandi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik bunga e’tiroz bildirdi.

Natijada hukumat "Avtotest" monopoliyasini bekor qildi. Endilikda yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining haydovchilarini malakasini oshirish bilan 2018-yil 1-iyundan boshlab davlat ta’lim muassasalari, shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar ham shug‘ullanishi mumkin bo‘ldi.

Bundan tashqari, qaror bilan avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslarga malaka oshirish majburiy emasligi belgilab qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0