TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekistondagi mahalliy OAVlar mamlakat sobiq Bosh prokurori, 66 yashar Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.
Mahalliy internet nashrlar, xususan, "Kun.uz" va "Daryo.uz" axborot nashrlari prokuraturadagi manbalariga tayangan holda Qodirovning hibsga olingani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etmoqda.
Ularga ko‘ra, bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xodimi Qodirovga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor qilgan.
Respublika Bosh prokurori lavozimida 2000-yil aprelidan faoliyat yuritib 15-yil ishlagan Rashidjon Qodirov 2015-yilning aprelida ishdan bo‘shatilgan. U 2015-yil mayidan Respublika Konstitutsion sudi a’zosiga aylangan, ammo 2017-yilning avgustidan sud a’zolari tarkibidan uning nomi o‘chirilgan.