Iqtisod

Oʻzbekiston va Hindiston yangi qoʻshma korxonalarni tashkil qilishga kelishdi

© Sputnik . Sputnik / Rukopojatiye
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ishbilarmonlik uchrashuvi chogʻida ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha masalalar muhokama qilingan

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. 2018 yil 22 fevral kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Hindiston ishbilarmon doira vakillari xamda mahalliy tadbirkorlar ishtirokidagi Oʻzbekiston-Hindiston biznes-forumi oʻtkazildi, deyiladi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot-xizmati xabarida.

Peregovorы mejdu rukovodstvom Andijanskoy oblasti i predstavitelyami Indii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Andijonga Hindistondan investorlar keldi
Taʼkidlanishicha, tadbir ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasida savdo aloqalarini yoʻlga qoʻyish va kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash, yangi qoʻshma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirish maqsadida oʻtkazilgan.

Ishbilarmonlik uchrashuvi chogʻida ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

"2017 yil yakunlari boʻyicha tovar aylanmasi — 323,6 mln $ni tashkil etgan, xususan, eksport — 32,5 mln dollarni, import esa — 291,1 mln. dollarni tashkil etdi. Eksportning asosiy pozitsiyalari: qishloq xoʻjaligi, transport va turistik xizmatlar, oʻsimlik sharbatlari va ekstrakti, teri xom ashyosi. Importning asosiy pozitsiyalari: farmatsevtika mahsulotlari, mexanika va elektr uskunalari, avtomobil ehtiyot qismlari, transport va turistik xizmatlar, kimyo mahsulotlari, va boshqalar", — deyiladi xabarda.

Oʻzbekistonda Hindiston sarmoyasi ishtirokidagi 101 ta korxona faoliyat yuritib, ulardan 15 tasi Hindistoning 100 % kapitaliga ega.

Oʻzbekiston Tashki savdo vazirligida 16 Hindiston kompaniyasining vakolatxonasi akkreditatsiyadan oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston delegatsiya vakillarining Hindistonga qilgan safari davomida tashkil qilingan biznes forum doirasida $70 mln. dollarga teng 20 investitsion loyihalar hamda $80 mln. dollarga teng 22 kontrakt shartnomalari imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0