Nukusda chiqindilardan suyuq gulsuvoq ishlab chiqarilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishMagazin stroitelnix tovarov
Magazin stroitelnix tovarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nukuslik ixtirochi-tadbirkor ekologik toza va daromadli biznesni yo‘lga qo‘ydi.

TOShKENT, 22 fev – Sputnik. Nukuslik tadbirkor Rashid Qartbayev chiqindi matolardan suyuq gulsuvoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati.

Nukusda ko‘p qavatli uylarni ta’mirlashda suyuq gulqog‘ozdan foydalanilmoqda. Bu odatiy ta’mirlashdan ko‘ra 2 baravar arzonga tushmoqda va ushbu uylarda yashayotgan aholiga ma’qul kelmoqda deyilgan xabarda.  

“Hozir chiqindi deb tashlangan deyarli barcha narsalarga ikkinchi hayot bermoqdaman. Bu chiqindi matolar maxsus dastgohlarda maydalanadi va unga rang beriladi. Mahsulotimiz narxi arzon va sifatli bo‘lgani bois bozori chaqqon. Eng asosiysi, atrof-muhit musaffoligiga hissa qo‘shapman”, —  deydi tadbirkor Qartbayev.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ixtirochi-tadbirkor chiqindilarni qayta ishlash evaziga o‘tgan yili 1 milliard 200 mln so‘m daromad olgan.

Yangiliklar lentasi
0