Ahmadboyning advokati sud hukmidan shikoyat qilinishini bildirdi

© SputnikAxmad Tursunbayev (foto sdelano s ekrana monitora)
Axmad Tursunbayev (foto sdelano s ekrana monitora) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ahmadjon Tursunboyevning advokati sud hukmi haqida o‘z fikrini bildirdi

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Moliyaviy piramida asoschisi, chinozlik Ahmadjon Tursunovning advokati sud hukmidan norozi bo‘lib shikoyat arizasi berilishini ma’lum qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi qaroriga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyevga 13-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Bundan tashqari, Tursunboyev bir yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan mahrum etildi va eng kam ish haqining 400 baravari — 52 mln 96 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24-yilligi munosabati bilan qabul qilingan amnistiya aktiga asosan, unga qo‘llanilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi.

Uzbekskiy Mavrodi — Axmad Tursunbayev, izvestniy takje kak Axmadbay - Sputnik O‘zbekiston
Ahmadboyga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

"Sud sudlanuvchilarga jazo tayinlashda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan insonparvarlik tamoyillariga asoslandi. Xususan, sudlanuvchilarning chin dildan pushaymonligi va jinoyatni ochishda faol ishtirok etganliklari inobatga olindi", — dedi Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov.

Ahmadjon Tursunboyevning advokati sud hukmi haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Hukmni eshitdik. Mening himoyam ostidagi shaxs va men bu hukmga qo‘shilmaymiz. Sud qarorini olganimizdan keyin apellyatsiya instansiyaga shikoyat beramiz", — dedi advokat Malika Mazbudova.

Eslatib o‘tamiz Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklari 2016-yilning iyul oyida qo‘lga olingan edi. Jinoiy guruh a’zolari aholidan o‘ta katta miqdorda mablag‘ qabul qilib, uni bir yil ichida 100% stavkasi bilan qaytarib berishni va’da qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0