TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘n yashar Xumoyun Hakimjonov Abay Tojiboyevni jangga chorladi, u Abayni yenga olishini aytmoqda.
Xumoyun tomonidan yozilgan video Instagramm tarmog‘ida yashin tezligida tarqalmoqda.
O‘z murojaatida yosh sportchi o‘z raqibini shak-shubhasiz yenga olishini ta’kidlamoqda. Xumoyun Hakimjonov — tay boksi bo‘yicha ikki karra jahon chempioni.
Ilgariroq kikboksing bo‘yicha Ostona chempioni — o‘n yashar Abay Tojiboy MMA kamarini Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘illaridan olib qo‘yishini aytib chiqqan edi.
Bu haqda tegishli video Instagram tarmog‘ida chiqqan.
Ramzan Qodirovning o‘g‘illari — Adam va Axmad Qodirovlar qozog‘istonlik sportchi murojaatini javobsiz qoldirishmadi.
"Abay, biz sening qanday jangchi ekanligingni bilmaymiz, ammo fitnes-klubing menejeri yaxshi ekan — u sizlarni reklama qilibdi. Sen haqiqiy erkaksan, xuddi shu ruhda davom et. Agar taqdir nasib etsa, oktagonda uchrashamiz, hayotda esa og‘a-ini bo‘lamiz. Respublikaga kel, biz hamisha mehmonlarga xursandmiz", — degan Ahmad Qodirov.
Uning ukasi Adam esa qozog‘istonlik yigitni birgalikdagi mashg‘ulotlarga taklif etgan.