Faqat Polsha aholisi Rossiyani Yevropaning bir qismi deb hisoblaydi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i Yevrosoyuza
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya aholisining 65%, britaniyaliklarning 52% va germaniyaliklarning 46% Rossiyani Yevropa mamlakati emas deb hisoblaydi.

TAShKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiya Yevropaning bir bo‘lagimi?  degan savolga G‘arbiy Yevropa mamlakatlari aholisining aksariyati “yo‘q” — deb javob berdi, Sputnik.Mneniya so‘roviga asosan.

Xususan, fransiyaliklarning 65%, britaniyaliklarning  52% va germaniyaliklarning 46% Rossiyani Yevropa mamlakati emas deb hisoblar ekan. Faqat Sharqiy Yevropada joylashgan Polsha aholisining 77% Rossiyani Yevropaning bir qismi deb hisoblar ekan.

Rossiyani Yevropaning bir qismi deb hisoblaydiganlar orasida yoshi 35dan oshgan oliy ma’lumotli kishilar ko‘proq uchraydi.

So‘rov Ifop kompaniyasi tomonidan 2017-yilning 20 —27 sentabrida o‘tkzailgan edi. Unda 18 yoshdan katta bo‘lgan 3228 nafar kishi ishtirok etgan. So‘ralganlar  mamlakat aholisini yoshi, turar joyi va jinsi bo‘yicha taqdim etadi. Maksimal xatolik ehtimoli – 3,1%, ishonchlilik ehtimoli – 95 %.

Sputnik.Mneniya — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. "Sputnik. Mneniya" so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Populus, IFop va Forsa kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. "Sputnik. Mneniya" doimiy ravishda AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Yangiliklar lentasi
0