Adliya vazirligining bepul maslahatxonasi ochildi

Obuna bo‘lish
Qabul dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha amalga oshiriladi.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Ushbu yilning 21-fevraldan Adliya vazirligi fuqarolar uchun bepul yuridik maslahatlar berishni tashkil etdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

“Inson huquqlari sohasida fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish, ularga huquqiy axborot va og‘zaki maslahatlar berish maqsadida Adliya vazirligi 2018-yilning 21-fevral kunidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik klinikasida fuqarolar qabulini tashkil etadi”, — deyiladi xabarnomada.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, qabul  dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha amalga oshiriladi. Manzil — Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy.

 

Yangiliklar lentasi
0