Malashenko: yuz millionlab musulmonlar islom sivilizatsiyasi yaratilishiga ishonishadi

© Sputnik / Vitaliy BelousovChlen nauchnogo soveta Moskovskogo sentra Karnegi Aleksey Malashenko
Chlen nauchnogo soveta Moskovskogo sentra Karnegi Aleksey Malashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hech qanday islom davlati bo‘lishi mumkin emas, buning barchasi utopiya, deydi ishonch bilan siyosatshunos Aleksey Malashenko

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Millionlab musulmonlar shariat qoidalari asosida ish yuritadigan davlatni tashkil etish mumkin, degan utopiyaga ishonishadi, deb ta’kidladi Sputnik Tojikiston radiosi efirida islomshunos-siyosatchi Aleksey Malashenko.

O‘zbekistonda masjidlar va qabristonlar rekonstruksiya qilinadi
"Islom davlatini tashkil etish — buning barchasi utopiya, kommunizm, sotsializm singari go‘zal bir utopiya", — deb qayd etdi siyosatshunos.

"Ammo yuz millionlab musulmonlar bu g‘oyaga ishonishadi va bu bilan hisoblashish zarur", — deb ta’kidladi u.

Ekspert, shuningdek, musulmon aholining 40%dan 60%gacha miqdori shariat — ijtimoiy tenglik, qashshoqlarga yordam va adolatli hukumat tarafdori ekanligini qo‘shimcha qildi va buning hech yomon tomoni yo‘qligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0