Rishod Sobirov Toshkentda dzudo maktabi ochdi

© Toshifumi KITAMURA / AFPRishod Sobirov raduyetsya bronzovoy medali sorevnovaniya po dzudo
Rishod Sobirov raduyetsya bronzovoy medali sorevnovaniya po dzudo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shunga o‘xshash sport maktablari oldin Buxoro va Andijonda taniqli bokschilar Abbos Atoyev va O‘tkir Haydarovlar tomonidan ham ochilgan edi.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Ikki karra jahon chempioni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Rishod Sobirov Toshkentda bolalar dzudo maktabi ochdi.

MOQ xabarida aytilishiga ko‘ra, yangi maktab ochilish marosimida yosh dzudochilar musobaqalari tashkil qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning iyun oyida O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi mamlakat bo‘ylab sobiq sportchilar maktablari tashkil qilishni boshlagan edi. Trener litsenziyasini olish uchun, hukumat sobiq sportchilar uchun tezkor o‘quv kurslari tashkil qilgan edi.

O‘tgan vaqt ichida Buxoro va Andijonda bokschilar Abbos Atoyev  va O‘tkir Haydarovlar tomonidan sport maktablari ochildi.

Yangiliklar lentasi
0