TOShKENT, 20 fev – Sputnik. O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari haftasiga 5 kunlik o‘qish jarayoniga o‘tadi, deb xabar qilmoqda "Xalq so‘zi" gazetasi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 1-martidan boshlab 1 sinf o‘quvchilari, sentabrdan boshlab esa 1-4 sinf o‘quvchilari haftasiga 5 kundan o‘qiy boshlaydi.
“Shu yilning 1-martidan e’tiboran respublikadagi barcha umumta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari haftasiga 5 kunlik o‘qishga o‘tadi. Yangi o‘quv yilidan esa bosqichma-bosqich qolgan boshlang‘ich sinflar ham haftasiga 5 kunlik o‘qishga o‘tkaziladi”, — deyilgan xabarda.
Hujjatda qayd etilishiga ko‘ra, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad:
- ota-onalarning farzandlari bilan oilaviy dam olishlariga yanada ko‘proq imkoniyat yaratish, ota-ona va farzandlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlash hamda oilaviy an’analarni shakllantirish;
- o‘quvchilar ota-onalari bilan birgalikda teatr, muzey va tarixiy obidalarga sayohat qilishlariga zamin yaratish;
- o‘quvchilarning qiziqishlari va xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda, turli fan to‘garaklari, sport seksiyalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish;
Shu munosabat bilan hozirgi paytda vazirlik va hamkor tashkilotlar tomonidan joylarda ota-onalar o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.