Axmedxadjayev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri bo‘ldi

© http://kommersant.uzAxmedxadjayev Azim Israilovich
Axmedxadjayev Azim Israilovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqida O‘zbekiston prezidenting qarorida aytib o‘tilgan.

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Axmedxadjayev Azim Israilovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlandi, deyilgan O‘zbekiston Hukumati xabarida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5351 sonli farmoniga muvofiq Axmedxadjayev Azim Israilovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat ko‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan Shermatov Sherzod Xotamovich - boshqa ishga o‘tishi munosabati lavozimidan ozod etildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5350-son farmonida aytib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0