Buxoroda elektromobillar ishga tushdi

© uzbektourism.uzElektromobili v Buxare
Elektromobili v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoroda shaharni tomosha qiluvchilar uchun elektromobillar xizmati yo‘lga qo‘yildi.

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Davlat turizm qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Buxoroda elektromobillar ishga tushgan.

“Ayni damda ularning soni 2ta, lekin yaqin orada  yana 10 ta ana shunday avtomobillar sotib olinadi va ular sayyohlarga xizmat ko‘rsata boshlaydi”, — deyilgan xabarda.  

 

Ushbu elektromobillar eski shaharning avtomobillar harakati ta’qiqlangan ko‘chalari bo‘ylab sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi. Ayni damda  elektromobillar uchun maxsus yo‘nalishlar ishlab chiqilgan. U Labi-hovuzdan boshlanib, Toki Sarafon va Toki Zargaron savdo rastalari va Poy Kalon majmuasi bo‘lab o‘tadi va Arkda yakunlanadi.

Ana shunday elektromobillar Samarqand va Shahrisabzda allaqachon ishga tushirilgan.Ushbu yo‘nalishlarda ekologik toza avtomobillardan foydalanish shahar aholisi  vamehmonlar uchun qulayliklar yaratadi hamda havoni toza tutadi.

 

Yangiliklar lentasi
0