Samarqandlik erkak o‘z rafiqasini shafqatsizlarcha o‘ldirdi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik zakrivayet dver sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik zakrivayet dver sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oilaviy mojaro fojia bilan yakun topdi - erkak o‘z xotinining bo‘yin va ko‘krak qismiga pichoq bilan urdi

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Hodisa 17-fevral kuni Samarqand shahrida yuz berdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

"Soat 16.30larda Motrid mahallasida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan fuqaro R.Kubayev uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i, 1983-yilda tug‘ilgan D.Umarovaning bo‘yin va ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan", — deyiladi xabarda.

Natijada D.Umarova voqea joyida vafot etgan.

Tezkor guruh xodimlari R.Kubayevni qo‘lga olganlar.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0